Oddiy kasrlar.

k/n kasr son bir butunning n ta teng bo`lakka bo`linganligini va shu teng bo`laklardan k tasi olinganligini (qaralayotganligini) bildiradi.

Kasr chizig`i bo`lish amalini bildiradi:

k/n=k:n

Surati maxrajidan kichik bo`lgan kasr to`g`ri kasr deyiladi. To`g`ri kasr doimo birdan kichikdir.

Surati maxrajidan katta yoki maxrajiga teng kasr noto`g`ri kasr deyiladi. Surati maxrajiga teng kasr 1 ga teng. Surati maxrajidan katt bo`lgan kasr birdan kattadir.

Har qanday to`g`ri kasrning butun qismi 0 ga teng.

Har qanday noto`g`ri kasr natural son va to`g`ri kasrning yig`indisidir. Bunda natural son noto`g`ri kasrning butun qismi, to`g`ri kasr esa uning kasr qismini bildiradi.

Noto`g`ri kasrni aralash son ko`rinishida yozish uchun uning surati maxrajiga bo`linad, hosil bo`lgan to`liqsiz bo`linma aralash sonning butun qismi sifatida yoziladi, qoldiqning maxrajga nisbati esa aralash sonning kasr qismi bo`ladi.

Aralash sonni noto`g`ri kasrga aylantirish uchun uning butun qismi kasr qismining maxrajiga ko`paytiriladi, ko`paytmaga kasr qismining surati qo`shiladi, hosil bo`lgan yig`indi noto`g`ri kasrning surati qilib yoziladi, maxraji esa kasr qismi maxrajining o`zi bo`ladi.

Kasrning asosiy hossasi: Agar kasrning surat va maxraji ayni bir songa ko`paytirilsa karning qiymati o`zgarmaydi, avvalgiga teng kasr hosil bo`ladi:
rasm

Kasrlarni qisqartirish: Agar kasrining surat va maxraji ayni bir songa karrali (bo`linuvchi) bo`lsa, kasrning surat va maxrajini shu songa bo`lganda kasrning qiymati o`zgarmaydi, avvalgiga teng kasr xosil bo`ladi:

abc

abc">

abc">

abc">

abc">

abc">

Fikr bildirish

Fikr bildirish uchun ro`yhatdan o`tish kerak