Sayt haqida.

Ushbu sayt maktab, litsey va kollej o`quvchilari, abiturientlar, o`qituvchilar va boshqa matematika faniga qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. Sayt maktab darsliklari va boshqa qo`llanmalar asosida tayyorlangan. Maktab darsliklari nomlanishiga mos xolda sayt uchta bo`limdan tashkil topgan: Matematika, Algebra, Geometriya. Maktab 5-,6-sinf darsliklarida Natural sonlar, kasr sonlar, butun va ratsional sonlar kiritilgan. Shunga mos holda saytning Matematika bo`limida natural sonlar va ularning xossalari, butun va ratsional sonlar haqida ma`lumotlar keltirilgan. Saytning Algbera bo`limida algebraik ifodalar, tenglama va tengsizliklar, funksiya va ularning xossalari kabi ma`lumotlar berilgan. Geometriyaga oid ma`lumotlar saytning Geometriya bo`limida keltirilgan. Sayt va unda keltirilgan ma`lumotlar Sizlarga manzur keladi degan umiddamiz. Sayt yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz.