Eng sodda geometrik shakllar: nuqta, to'g'ri chiziq va tekislik.

Nuqta, to'g'ri chiziq va tekislik — geometnyaning asosiy tushunchalaridir.
Qalam uchini qog'ozga, bo'ri doskaga tekizganda qolgan iz ko'zimizga shu qadar kichik ko'rinadiki, ularmng o'lchamlarini hisobga olmasa ham bo'ladi. Nuqta — ana shunday, o'lchamlarini hisobga olmasa ham bo'ladigan narsalarning geometnk timsolidir. Yevklid "Negizlar" deb nomlangan asarida nuqtani hech bir qismga ega bo'lmagan shakl sifatida ta'riflagan.
To'g'ri chiziq cheksiz davom etadigan shakldir. Biz uni qog'oz, sinf doskasida tasviilaganda kichik bo'laginigina chizamiz. Lekin to'g'ri chiziq doim har ikki tomonga cheksiz davom etgan bo'ladi .
Stolning ustki qismi, daftar varog'i, sinf doskasi kabilarning geometrik timsoli tekislik bo'ladi.
Nuqtalar katta lotin harflari ?, ?, C, D, ..., to'g'ri chiziqlar kichik lotin harflari a,b,c,d .. bilan belgilanadi va "A nuqta", "a to'gri chiziq" tarzda o'qiladi.
Tekislikda qanday to'g'ri chiziq olinmasin, bu to'g'ri chiziqqa tegishh bo'lgan nuqtalar ham, tegishli bo'lmagan nuqtalar ham mavjud
Masalan.quyidagi rasmda P va Q nuqtalar a to'g'ri chiziqqa tegishli. K va L nuqtalar a to'g'ri chiziqqa tegishli emas.

Agar ? nuqta b to'g'ri chiziqqa ham, ? to'g'ri chiziqqa ham tegishli bo'lsa, b va ? to'g'ri chiziqlar ? nuqtada kesishadi va ? nuqta b bilan ? to'g'ri chiziqlarning kesishish nuqtasi deyiladi:

??r qanday ikki nuqtadan faqat bitta to'g'ri chiziq o'tkazish mumkin.
Bu xossaga ko'ra. to'g'ri chiziqning ikkita nuqtasi ko'rsatilsa, bu to'g'ri chiziq aniqlangan bo'ladi. Shuning uchun to'g'ri chiziqni unda yotgan ikki nuqta yordamida ham belgilash mumkin. Yuqoridagi 1-rasmda a to'g'ri chiziq deyilsa ham, PQ to'g'ri chiziq deyilsa ham bir hil ma'noni anglatadi.
Harbir to'g'ri chiziq tekislikni ikki bo'lakka: ikkita yarimtekislikka ajratadi.
Qaralayotgan to'g'ri chiziq yarimtekisliklarning har ikkalasiga ham tegishli deb qaraladi. U o'zi ajratgan yarimtekisliklarning umumiy chegarasi bo'ladi.

Fikr bildirish

Fikr bildirish uchun ro`yhatdan o`tish kerak